Moskvada 13-iyuldan niqob rejimi bekor qilinmoqda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPassajiri na platforme Kurskogo vokzala v Moskve
Passajiri na platforme Kurskogo vokzala v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobanin ta’kidiga ko‘ra, o‘tgan haftada Rossiya poytaxtida COVID-19ga chalinish holati 20%ga, 834tadan 670taga  pasaygan.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Moskva meri Sergey Sobanin 13-iyuldan boshlab ko‘chalarda niqobni majburiy taqish rejimi bekor qilinganligi haqida bayonot berdi.

Simulyatsionniy sentr Irkutskoy oblastnoy klinicheskoy bolnisi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya xorijga 600 ta SNO apparatini, jumladan, O‘zbekistonga yetkazib berdi

Sobanin ta’kidiga ko‘ra, o‘tgan haftada Rossiya poytaxtida COVID-19ga chalinish holati 20%ga, 834tadan 670taga  pasaygan.

"Ushbu ijobiy tendensiyalarni, qolaversa, sanitar vrachlar tavsiyalarini e’tiborga olgan holda men, birinchi galda ta’lim, madaniyat, dam olish va ko‘ngilochar, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida cheklovlarni bekor qilishni davom ettirishga qaror qildim", - deb yozgan mer o‘zining blogida.

13 iyuldan Moskvada quyidagi cheklovlar olib tashlanmoqda:

— ta’lim muassasalarining masofaviy faoliyati (kirish imtihonlarini qanday tartibda o‘tkazish Ta’lim vazirligi va OTM rektorlari tomonidan hal etiladi);

— Sport, musiqa va badiiy maktablari, shuningdek, boshqa ta’lim muassasalaridagi barcha yoshdagi guruhlar uchun masofaviy mashg‘ulotlar;

JSST SOVID-19 qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirdi  - Sputnik O‘zbekiston
Hamma kutmoqda: JSST SOVID-19'ga qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirdi

— maktablar va kollejlar faoliyati (o‘quv yili 1-sentabrdan boshlanadi);

— attraksionlar, madaniy va istirohat bog‘lari, madaniy va hordiq chiqarishni tashkil qilish markazlari faoliyati (seksiyalar va krujoklar, diskotekalar o‘z faoliyatini davom ettiradi, ammo tashrif buyuruvchilar soni maydon sig‘imining 50%dan oshmasligi lozim);

— bolalar lagerlari va ko‘ngilochar markazlar faoliyati;

— tadbirkorlik sohasidagi barcha cheklovlar bekor qilinadi;

— korxonalar va tashkilotlar rahbarlari xodimlarni ofislarga qaytarish yoki masofaviy ish rejimini saqlab qolishni o‘zlari hal etadilar.

Moskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya migrantlar oqimiga muhtojligini aytdi

Ammo Sobanin ochiq havoda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga hali ertaligini ta’kidlab o‘tgan.

Shuningdek, ijtimoiy masofani saqlash, transport, tibbiyot muassasalari, do‘konlar va boshqa jamoat joylarida niqob taqish va qo‘lqop kiyish talablari ham o‘z kuchini yo‘qotmaydi.

Moskvada 1-avgust sanasidan:

— uch mingtagacha tomoshabin sig‘imiga ega bo‘lgan teatrlar, kinoteatrlar va konsert zallari o‘z faoliyatini tiklaydi (zallar ko‘pi bilan yarmigacha to‘ldirilishi sharti bilan);

Sobanin o‘z faoliyatini qayta tiklaydigan barcha tashkilotlar Rospotrebnadzor tomonidan o‘rnatilgan sanitar normalarga amal qilishga majbur ekanligini eslatib o‘tgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada epidemiya davomida 707 ming nafar koronavirus bilan bemorlanganlar aniqlangan. Ulardan 481 316 nafari sog‘aygan, 10 843 nafari vafot etgan. So‘nggi bir sutkada Moskvada 568 kishida COVID-19 aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0