Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning yakuniy sinov bosqichi boshlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRossiyskie mediki razrabotali vaksinu
Rossiyskie mediki razrabotali vaksinu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shifokor N.N. Burdenko nomidagi Bosh harbiy gospitalda koronavirusga qarshi vaksinatsiyadan o‘tayotgan ishtirokchilarni kundalik ko‘rikdan o‘tkazmoqda

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Gamaleya nomidagi Milliy tadqiqot markazi va Mudofaa vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan koronavirus vaksinasi klinik sinovlarining yakuniy bosqichi boshlandi, deya xabar berdi RIA Novosti harbiy idoraga tayangan holda.

Vaksinatsiya protiv gepatita  - Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi vaksina sinovidan o‘tayotgan ishtirokchilar ahvoli haqida xabar berdi

Testlar 18-iyun kuni boshlangan. Sinov ishtirokchilarining to‘qqiz nafariga vaksinaning bitta komponenti, yana to‘qqiz nafariga ikkinchisi kiritilgan.

Sal keyin, 23-iyun kuni, yana 20 nafar ko‘ngilli vaksina olgan, ular preparatni buster variantda testdan o‘tkazishadi - ko‘ngillilarga vaksinaning ikkinchi komponenti sal keyinroq kiritiladi.

Birinchi guruhga 15-iyul kuni, ular nazorat analizlarini topshirgach kasalxonadan javob beriladi va ular o‘z xizmat joylariga qaytadilar. Hozirda sinovdan o‘tayotganlarning holati yaxshi, "ahvol, salbiy reaksiyalar yoki noxush holatlar bo‘yicha shikoyatlar yo‘q".

Ko‘ngillilarning ikkinchi guruhiga 13-iyul kuni ikkinchi komponent kiritiladi, bu ularda immunitet kuchayishiga yordam berishi kerak, deya ta’kidlaydi idora.

Olingan ma’lumotlar, qayd etilishicha, "COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina kiritilgan birinchi va ikkinchi guruh ko‘ngillilarda immun javob shakllanganidan dalolat beradi".

Yangiliklar lentasi
0