17:58 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
317 0 0

Taʼkidlanishicha, yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida aniqlangan.

TOSHKENT, 11 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 179 taga koʻpaydi va 12206 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida aniqlangan.

Toshkent shahrida aholi orasida - 30 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 14 nafar (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), Navoiy viloyatida - 9 nafar (koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan.

Ayni paytda Oʻzbekistonda 7530 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaygan.

Eslatib oʻtamiz, Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, oʻtgan sutka davomida 228 mingta koronavirus bilan bemorlanish holatlarini qayd etdi. Bu pandemiya boshlangandan buyon rekord koʻrsatkichdir.

Ayni vaqtda koronavirus qayd etilgan bemorlar soni jahonda 12 milliondan ortdi.

Asosiy mavzular