23:08 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Yangiliklar
Havola olish
545 0 0

Allamjonov koronavirus alomatlarini sezgan insonlarga zinhor tushkunlikka tushmaslikni maslahat bergan. Eng muhimi, tashxis toʻgʻri qoʻyilmasdan turli dori vositalarini ichish mumkin emasligi, bu organizmga oʻz salbiy taʼsirini koʻrsatishini eslatib oʻtgan

TOSHKENT, 11 iyul - Sputnik. Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov yangi turdagi koronavirus - COVID-19 bilan bemorlanganini maʼlum qildi. Allamjonov bu haqda oʻzining telegramm sahifasida eʼlon qilgan videomurojaatida soʻzlagan.

Uning aytishicha, bundan bir necha kunlar oldin unda harorat koʻtarilishi va holsizlik sezilgan, badanida, mushaklarida turli ogʻriqlar paydo boʻlgan. Test topshirib koʻrganida, unda koronavirus infektsiyasi borligi aniqlangan. Shundan soʻng u oʻz uyida, yaqinlaridan izolyatsiyada boʻlgan holda ushbu kasallikni boshdan kechirgan.

Allamjonovning aytishicha, u hozirda sogʻaygan va oila-aʼzolari bilan muloqotga kirishgan.

Komil Allamjonov ushbu kasallik belgilarini oʻzida sezgan insonlarga zudlik bilan shifokorga murojaat qilishni maslahat bergan.

"Oʻz holingizcha biron bir muolajalarni qilishdan tiyiling, chunki koronavirusga (qarshi) deb koʻplab dorilarni tavsiya qilishayapti internetda, koronavirusga (qarshi) deb turli protokollarni eʼlon qilishayapti, men bu narsalarni qilmaslikka chaqirgan boʻlardim. Chunki salomatligingizga ziyon yetkazib qoʻyishingiz mumkin. Oʻzingizni ehtiyot qiling, muhimi tushkunlikka tushmang, chunki bu kasallikning davosi bor", - deya yakunlagan murojaatini Allamjonov.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 11 iyul holatiga koʻra, 179 taga koʻpaydi va 12206 nafarni tashkil etmoqda.

Asosiy mavzular