21:11 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
53801

Reytingga dunyoning 135 ta mamlakati kiritilgan boʻlib, u uy-joy ijara puli, yashash indeksi qiymati va aholining xaridorlik qobiliyati kabi koʻrsatkichlar asosida tuzilgan.

TOSHKENT, 15 iyul - Sputnik. Numbeo portali yashash uchun eng qimmat va eng arzon mamlakatlar 2020 yilgi reytingini eʼlon qildi.

Reytingga dunyoning 135 ta davlati kiritilgan boʻlib, roʻyxat uy-joy ijara puli, yashash indeksi qiymati va aholining xaridorlik qobiliyati kabi koʻrsatkichlar asosida shakllantiriladi.

Oʻzbekiston ushbu roʻyxatda 130-oʻrinni egalladi.

Reytingdan, shuningdek, Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar ham oʻrin olgan. Jumladan, Qozogʻiston 116-oʻrinni, Qirgʻiziston 133-oʻrinni, Afgʻoniston 132-oʻrinni, Pokiston esa 135 — eng soʻnggi oʻrinni egalladi.

Bermud orollari 2020 yilda yashash uchun eng qimmat deb topildi. Undan keyingi pogʻonalarni Shveytsariya, Norvegiya, Islandiya va Yaponiya egallagan.

Asosiy mavzular