O‘zbekiston IIV tizimi vakillari COVID-19 qurboni bo‘lgani taxmin qilinmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shavkat Nosirovich Nafasovning vafoti munosabati ta’ziya e’lon qilindi. Podpolkovnik Shavkat Nafasov 15-may kuni 48 yoshga to‘lgan edi.

TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. O‘zbekiston IIV tizimining ikki xodimi koronavirus tufayli vafot etgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda mahalliy OAVlarda xabar berilmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: koronavirusga qarshi kurash uchun bizda zaxira va imkoniyatlar mavjud

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati 13 va 14-iyul kunlari tizimning ikki xodim vafoti etganini ma’lum qildi.

IIV matbuot xizmati 13-iyul, dushanba kuni Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor A’loxon Shomahmudovning vafot etganini e’lon qildi. Mayor Shomahmudov 25-iyun kuni 36 yoshga to‘lgan edi.

14 iyul, seshanba kuni esa IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shavkat Nafasovning vafoti munosabati ta’ziya e’lon qilindi. Podpolkovnik Nafasov 15-may kuni 48 yoshga to‘lgan edi.

"Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi mayor A’loxon Shomahmudov va podpolkovnik Shavkat Nafasov vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi", — deyiladi vazirlik matbuot xizmati e’lon qilgan ta’ziyanomalarda.

Ovoshi  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni o‘ldiradigan mahsulot topildi – Fransiya tadqiqoti

Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati vakillari Sputnik muxbiriga Mayor Shomahmudovning koronavirusdan vafot etgani haqidagi xabarni tasdiqlamadilar.

"Analiz javoblari yo‘q. Taxminlar shunga o‘xshash edi, biroq tibbiyot xodimlaridan aniq javobni olmaguncha bu xabarni tasdiqlay olmayman", - dedi Toshkent IIBB matbuot-xizmati vakili.

O‘lim holatlari bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot bermadi.

Eslatib o‘tamiz, 15-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida 68 kishi vafot etgan. SSV va uning huzuridagi shtab vakillari O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha ma’lumotlar ashirilmayotganini, bundan manfaat yo‘qligini muntazam ta’kidlab kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0