O‘zbekiston xalqaro TIMSS tadqiqotida rasman qatnashishga kirishdi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishInteraktivnaya shkola v Volgograde
Interaktivnaya shkola v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TIMSS 4- va 8- sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash dasturi bo‘lib, bu tadqiqot to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi.

TOShKENT, 16-iyul - Sputnik. O‘zbekiston xalqaro TIMSS tadqiqotida rasman qatnashishga kirishdi, deb xabar bermoqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati.

Perviy zamestitel ministra narodnogo obrazovaniya Usman Sharifxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Sharifxo‘jayev rus tili, onlayn-darslar va yangi o‘quv yili haqida

Bu borada IEA tashkilotining Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi o‘rtasida olib borilgan muloqotlar asosida IEA rahbariyatining dastlabki roziligiga erishildi.

IEA rahbariyati O‘zbekistonning ushbu tadqiqotda qatnashishishidan mamnun ekanligini aytib, O‘zbekistonning ta’lim sharoitiga TIMSSning qaysi turi mos kelishi haqida maslahatlar berdi. Bundan tashqari, IEA 2021-yil fevral oyida Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan milliy tadqiqot koordinatorlarining birinchi yig‘ilishiga taklif qildi va Boston kolleji mutaxassislari bilan turli xil baholash modellarini muhokama qilish, tadqiqotlar yo‘nalishlarining afzallik va kamchiliklari haqida muhokamalar olib borish uchun qulay imkoniyat yaratib berilishi haqida ma’lum qildi.

Matematicheskie formuli - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda Xalqaro fizika-matematika maktab-internati tashkil etildi

TIMSS (Trends in International mathematics and science study) 4- va 8- sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash dasturi bo‘lib, bu tadqiqot to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi.

TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda,qo‘shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilayotgan ta’lim mazmuni, o‘quv jarayoni, ta’lim muassasasining imkoniyatlari, o‘qituvchilar salohiyati, o‘quvchilarning oilalari bilan bog‘liq omillari o‘rganiladi.

TIMSS dasturi o‘zining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan bo‘lib, 2019-yilga qadar har to‘rt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda tashkil etib kelindi. Navbatdagi 8-davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

2015-yildagi TIMSS tadqiqotida 57 ta mamlakat qatnashgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich ortib, 60 dan ortiq davlatni tashkil etdi. TIMSS 2015 tadqiqot natijalariga ko‘ra, AQSh, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tizimi eng yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan.

Yangiliklar lentasi
0