Dunyo aholisi 9,7 milliard kishiga yetadi. Qachon?

© REUTERS / Toby MelvilleLyudi naslajdayutsya jarkoy pogodoy na plyaje v Bornmute, Velikobritaniya
Lyudi naslajdayutsya jarkoy pogodoy na plyaje v Bornmute, Velikobritaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Keyingi asrning boshiga kelib, 195 mamlakatdan 183 tasida tug‘ilish pastligi sababli aholi soni kamayadi. Faqatgina immigratsiya vaziyatni yaxshilashga yordam bera oladi.

TOShKENT, 16-iyul - Sputnik. Yerda odamlar soni o‘sishining cho‘qqisi 2064-yilda ro‘y beradi, deb yozadi "Izvestiya".

V Tashkente proxodit festival morojenogo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon necha ming kishiga ko‘paygani ma’lum qilindi

Olimlar halqaro jamoasi 2064-yilga kelib, sayyorada 9,7 milliard odam yashaydi degan prognozni tuzdilar.

XXII asr boshiga kelib bizning sonimiz 9 milliardgacha kamayadi, deb hisoblaydi mutaxassislar. 2100-yilga kelib aholisi eng ko‘p bo‘lgan besh mamlakat - Hindiston, Nigeriya, Xitoy, AQSh va Pokiston bo‘ladi. Vashington universiteti Tibbiyot maktabining Sog‘liq ko‘rsatkichlari va baholash instituti tadqiqotchilari, agar immigratsiya past darajadagi tug‘ilishni qoplamasa, 195 mamlakatning 183tasining aholisi kamayishini taxmin qilishmoqda.

Keyingi asrning boshiga kelib, qatorida Yaponiya, Tailand, Italiya va Ispaniya bo‘lgan 20 dan ortiq davlatlar aholisi ikki baravar kamayadi. Xitoy aholisi soni 48 foizga qisqaradi.

Olimlar hisob-kitoblariga ko‘ra, 2100-yilda dunyoda 65 yoshdan oshgan 2,37 milliard odam va 20 yoshgacha 1,7 milliard odam yashaydi.

Yangiliklar lentasi
0