O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15,3 mingdan oshdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja
V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bemorlardan 58 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Koronavirus qurbonlari soni 76 nafarga yetdi.

TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda COVID-19ni yuqtirganlar soni 283 nafarga oshib, 15349 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Vrach-epidemiolog Sentra chumi, karantina, zashiti ot osobo opasnix i infeksionnix zabolevaniy Respubliki Uzbekistan, kandidat meditsinskix nauk Gofirdjon Tadjibayev - Sputnik O‘zbekiston
Vahimaga o‘rin yo‘q, muhimi bizda kollektiv immunitet paydo bo‘lmoqda - epidemiolog

Yangi kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 144 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 25 nafari Samarqand viloyatida, 21 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 8783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 6490 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 58 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Koronavirus qurbonlari soni 76 nafarga yetdi.

Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi - COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qilgan edi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan bemorlanganlar soni 13,3 milliondan oshgan, 580 mingdan ziyod kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0