09:39 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1223)
219 0 0

Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus infektsiyasi - COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi

TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Yangi turdagi koronavirus bilan zararlanganlar soni dunyo boʻyicha 14 milliondan oshdi, 600 mingdan ziyod odam virus qurboniga aylandi, deb xabar bermoqda Jons Xopkins universiteti.

OAV va boshqa ochiq manbalardan olingan maʼlumotlarni umumlashtirib boradigan universitet axborotiga koʻra, Moskva vaqti bilan 3.18gacha olingan maʼlumotlarda dunyoda koronavirusni yuqtirganlar soni 14 037 021 nafarga yetgani maʼlum boʻlgan. Shundan 600 665 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Shu vaqtgacha 7 818 409 kishi sogʻaygan.

Eslatib oʻtamiz, 18 iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 15 896 kishiga yetdi.

Yangi kasallanish holatlari(289 nafar)ning 38 nafari Karantin markazidagi (xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 52 nafari Sirdaryo viloyati, 98 nafari Toshkent shahrida, 40 nafari Andijon viloyatida, 20 nafari Samarqand viloyatida, 19 nafari Jizzax viloyatida, 9 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, yana 9 nafari Namangan viloyatida hamda 4 nafari Navoiy viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Oʻzbekistonda 9003 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (57 %) sogʻaygan. 6813 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 70 nafari ogʻir, 11 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
80 nafar bemor infektsiya qurboniga aylandi.

Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus infektsiyasi - COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1223)

Asosiy mavzular