21:53 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
72311

Xabarda aytilishicha, internet saytlarida "Allohning elchisi" deb, turli safsatalarni toʻqiyotgan shaxsning gap-soʻzlari koʻpchilik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, musulmon ahlining noroziligiga sabab boʻlmoqda.

TOSHKENT, 18 iyul - Sputnik. Din ishlari boʻyicha qoʻmita fuqarolarni soʻnggi vaqtlarda internetda faolligi ortgan "soxta Paygʻambarga" ortiqcha eʼtibor bermaslikka chaqirmoqda.

Xabarda aytilishicha, internet saytlarida "Allohning elchisi" deb, turli safsatalarni toʻqiyotgan shaxsning gap-soʻzlari koʻpchilik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, musulmon ahlining noroziligiga sabab boʻlmoqda.

"Shuni qayd etish lozimki, Oʻzbekiston fuqarosi (u kim boʻlishidan qatʼiy nazar) Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishi, boshqalarning huquq va erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmati, diniy mansubligini hurmat qilishga majburdir. Yurtimiz hududida faoliyat yuritayotgan har bir din vakilining diniy manbalari, qadriyatlari, muqaddas tuygʻulari, ular tomonidan eʼzozlanadigan shaxslar hurmat qilinishi shart. Ularga nisbatan haqoratli soʻz ishlatish, yomon munosabatda boʻlish, obroʻsizlantirish, soxta daʼvo va tuhmat qilishga hech kimning haqqi yoʻq", - deyiladi murojaatda.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita bugungi murakkab davrda odamlarni diniy eʼtiqodlariga taalluqli boʻlgan bu kabi nojoiz holatni qoralashini bayon etgan.

Fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlarda mazkur masala yuzasidan fikr-mulohaza bildirish asnosida ehtiroslarga berilmasdan, donishmandlarcha vazmin va ogʻir-bosiq boʻlib, bu kabi soxta Paygʻambarlar har zamonda uchrab turishi nuqtai-nazaridan unga ortiqcha eʼtibor bermaslikni soʻrab qolgan.

Asosiy mavzular