20:46 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
104723

Toshkent Markaziy vokzalida "Yermak" tipidagi ikkita yangi uch sektsiyali elektrovoz, Multi Tasker KRC 1200UZ rusumli koʻp funktsiyaga ega kranli mexanizm hamda TEM2-6606 rusumli lokomotiv namoyish etildi.

TOSHKENT, 18 iyul - Sputnik. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" Rossiyadan yangi elektrovozlar olib keldi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Pribornaya panel gruzovogo elektrovoza Yermak
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Pribornaya panel gruzovogo elektrovoza "Yermak"

Qayd etilishicha, Toshkent Markaziy vokzalida "Yermak" tipidagi ikkita yangi uch sektsiyali elektrovoz, Multi Tasker KRC 1200UZ rusumli koʻp funktsiyaga ega kranli mexanizm hamda TEM2-6606 rusumli lokomotiv namoyish etildi. Yil yakuniga qadar yana shunday elektrovozlarning uchtasi keltirilishi rejalashtirilgan.

Dva gruzovыx elektrovoza Yermak dostavlenы v Tashkent
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Dva gruzovыx elektrovoza "Yermak" dostavlenы v Tashkent

Elektrovozlar quvvati 9840 kVt/soatga teng. Harakatdagi minimal tezligi 49,9 kilometr/soatni, eng yuqori tezligi 110 kilometr/soatni tashkil etadi. Multi Tasker KRC 1200UZ esa ayni paytda MDH davlatlarida yagona boʻlgan koʻp funktsiyaga ega kranli mexanizmdir. U Germaniyaning Kirow Ardel GmbH zavodida ishlab chiqariladi.

Elektrovoz Yermak na vokzale v Tashkente
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Elektrovoz "Yermak" na vokzale v Tashkente

Taqdimot marosimida, shuningdek, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ lokomotiv parkidagi yangilangan (modernizatsiya qilingan) ikkita lokomotiv ham taqdim etilgan.

"Ular "Oʻzbekiston" deposidagi nafaqat birinchi kapital taʼmirdan chiqqan poyezdlar, balki mamlakatimizda elektrovozlarning kapital taʼmirlanishini yangi bosqichga koʻtarish uchun dastlabki qadamdir", — degan elektrovoz mashinisti Vostreykin Vladimir.

Eslatib oʻtamiz, may oyi oʻrtalarida Oʻzbekiston Rossiyadan beshta elektrovoz sotib olishi xabar berilgan edi.

Asosiy mavzular