22:22 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
109701

Oʻzbekistonda bemorlar soni 172taga ortdi va — 16 068 nafarga yetdi. Vafot etganlar 81 nafarni tashkil qilmoqda

TOSHKENT, 18 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonning beshta hududida koronavirusga chalinganlik holatlari aniqlandi.

Kasallar soni 172taga ortdi va Jami bemorlar — 16 068 nafarga yetdi.

Yangi kasallanish holatlarining 60 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 87 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafardan Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qurbonlar soni 81 nafarga yetdi. 81 qurbon Toshkentlik 49 yoshli erkakdir.

Unda 14 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

17 iyul kuni reanimatsion choralarga qaramasdan, bemor oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligining 4-darajasi hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Asosiy mavzular