O‘zbekistonda koronavirus bilan bemorlanganlar 17,5 mingdan oshdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKarantinnaya zona na 10 tisach chelovek stroitsya v Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti
Karantinnaya zona na 10 tisach chelovek stroitsya v Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kasallanganlarning 82 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilgach namuna topshirgan hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan

TOShKENT, 21-iyul - Sputnik. 21 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 276taga ko‘paydi va 17 590 nafarni tashkil etmoqda.

Proizvodstvo probirok na predpriyatii Granat Bio Tex - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada COVID-19ga qarshi vaksina qilinganlarda immunitet paydo bo‘ldi

Yangi kasallanish holatlarining 82 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 57 nafari Andijon viloyatida, 42 nafari Namangan viloyatida, 36 nafari Sirdaryo viloyatida, 29 nafari Jizzax viloyatida, 23 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 9 463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan. 8 035 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 76 nafari og‘ir, 28 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0