Mo‘ynoqda ommaviy dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda

© Dialog s narodomDezinfeksiya ulis v Muynake, Respublika Karakalpakstan
Dezinfeksiya ulis v Muynake, Respublika Karakalpakstan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 20-iyunga qadar 286ta koronavirusni yuqtirish holatlari qayd etilgan. 1 kishi vafot etgan.

TOShKENT, 21-iyul - Sputnik. Mo‘ynoqda dezinfeksiya ishlari uzluksiz olib borilmoqda, deb xabar qiladi Mo‘ynoq tumani hududida faoliyat yuritayotgan Prezident Xalq qabulxonasi matbuot-xizmati.

Dezinfeksiya podyezda jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Xlorkadan uyni dezinfeksiyalashda foydalanib bo‘lmaydi - toksikolog

Xabarda ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hududida faoliyat yuritayotgan Prezident Xalq qabulxonasi, Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va mudofaa bo‘linmlari hamda tibbiyot birlashmalaridan mutaxassis va xodimlardan iborat guruhlar tuzilib, joylarda kuchaytirilgan nazorat o‘rnatilgan. Uzluksiz ravishda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinyapti.

Xususan, kuni kecha 50 dan ziyod shaxsiy tarkib hamda qator maxsus texnika jalb etilgan holda tuman bo‘ylab keng qamrovli dezinfeksiya ishlari o‘tkazilgan.

Mo‘ynoq tumanining odamlar gavjum bo‘lgan joylar – "Dexqon bozori", 6 ta ko‘p qavatli uylar, 5 ta ko‘cha, 50 dan ortiq davlat va nodavlat idoralari obyektlari jami 10 tonnaga yaqin xlorli eritma maxsus to‘rtta purkagichli avtomashinalar bilan dezinfeksiya qilindi.

Dezinfeksiya v Uzbekistane: kak predotvrashayetsya rasprostranenie virusa - foto - Sputnik O‘zbekiston
IIV fuqarolarni soxta dezinfeksiyachilardan ogohlantirdi

Shu bilan bir qatorda, Prezident Xalq qabulxonasi hamda Favqulotda vaziyatlar bo‘limi xodimlari maxsus texnika va uskunalar yordamida aholiga karantin qoidalari haqida, ularga amal qilish bo‘yicha keng tushinitirish ishlarini olib bordi.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 20-iyunga qadar 286ta koronavirusni yuqtirish holatlari qayd etilgan. 1 kishi vafot etgan.

O‘zbekiston bo‘icha 21-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 590 nafarni tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0