19:48 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
40901

Olimlar salkam yarim yil davomida ultrafiolet nurlanish bemordan yoʻtalayotganida va gaplashganida chiqadigan soʻlak tomchilaridagi koronavirusni oʻldirishga qodirligini oʻrgandilar.

TOSHKENT, 21 iyul - Sputnik. Quyosh nurlari koronavirusni bir necha soniya ichida yoʻq qilishga qodir, deb yozadi “Izvestiya” Italiyalik olimlarga tayanib. Tadqiqotni boshqargan Milan davlat universiteti professori Mario Klerichining aytishicha, uning immunologlar guruhi virusni suv tomchilariga past, yuqori va oʻta yuqori kontsentratsiyada joylashtirgan. Keyin suyuqlik ultrafiolet nurlanishning turli dozalari bilan “davolandi”.

Dastlab, qisqa diapazondagi nurlanishni (UF-C) sinab koʻrishga qaror qilindi. Bu orqali uning hatto kichik dozalari ham virusni bir necha soniya ichida ishdan chiqarishi mumkinligini aniqlashga muvaffaq boʻlishdi.

Biroq, UF-C Yer atmosferasidan oʻtayotganda toʻliq soʻrilib ketadi. Shuning uchun olimlar tajribalarni ultrafiolet nurlanishining uzun toʻlqinli diapazonida (UF-A) va oʻrta toʻlqinli diapazonida (UF-B) oʻtkazdilar - bu sayyora yuzasiga yetib keladigan quyosh nurlarining bir qismi.

“Natija bir xil boʻldi: bir necha soniya ichida quyosh nurlanishining minimal dozasi suv tomchilaridagi koronavirusni deyarli 100 foizga yoʻq qildi”, - dedi Klerichi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu yozda yer atmosferasiga kirib keladigan quyosh nurlari kasallangan odamdan yoʻtalganida va gaplashganida ajraladigan soʻlak tomchilaridagi virusni deyarli butunlay yoʻq qilishi mumkinligini anglatadi.

Professorning qoʻshimcha qilishicha, bu bilan Yevropa va Shimoliy yarim sharda joylashgan aksariyat mamlakatlarda COVID-19 bilan kasallanishning joriy pasayishini izohlasa boʻladi. Ayni damda oʻtayotgan qish va quyosh nurlanishining faolligi pastrok boʻlgan janubiy yarim sharda epidemiyaning choʻqqisi kuzatilmoqda.

Klerichining soʻzlariga koʻra, Italiya milliy astrofizika instituti mutaxassislari joriy yilning 15 yanvaridan may oyining oxirigacha tegishli tahlillarni oʻtkazib, quyidagini tasdiqladilar: quyosh nuri yer yuzasiga qanchalik koʻp yetib borsa, UF-nurlanish darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, koronavirus infektsiyasi shunchalik kamroq qayd etiladi.

Asosiy mavzular