20:45 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
52721

Xorijdan vatandoshlarimizni olib kelishni toʻxtatish, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirish haqida oʻylashimiz kerak, deya taklif bildirmoqda siyosatchi

TOSHKENT, 21 iyul - Sputnik. "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov CoViD-19ning yangi toʻlqinini qanday toʻxtatish mumkinligi borasida oʻz fikrini bildirdi.

Qodirovning aytishicha, viruslarni aniqlash va ular bilan kurashishda Isroil davlatidagi tajriba oʻrgangulik.

"Ular 2020 yilning 1 sentyabrigacha barcha kiruvchilar uchun chegaralarini yopdi. Nimaga? Chunki ichkariga kirgan har bir inson virusning yangi, borayotgan joyidagi muhitga moslashmagan tipini olib kirishi mumkin. Bu yangi toʻlqin degani. Paygʻambarimiz (s.a.s) ham “Vabo tarqalgan joyga bormangiz, agar turgan joyingizda vabo boʻlsa u yerdan ketmangiz” deb bekorga aytmaganlar.

Xorijdan vatandoshlarimizni olib kelishni toʻxtatish, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirish haqida oʻylashimiz kerak. Bu birinchi navbatda oʻsha vatandoshimizning qarindoshlariga, qolaversa butun Oʻzbekistonga yaxshilik boʻladi", - deb yozgan partiya rahbari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)

Asosiy mavzular