14:49 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1165)
459 0 0

Bugungi kunda Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 20ta nomzod-vaktsinalarni sinovdan oʻtkazmoqda. BSSTda sinovlar tugashi va vaktsinatsiya boshlanishi muddatlari haqida maʼlumot berdilar.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. COVID-19ga qarshi ommaviy vaktsinatsiya kelgusi yilning oʻrtalarida boshlanishi mumkin, deb xabar qilmoqda Deutsche Welle Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari oʻrinbosari Sumiya Svaminatanga tayangan holda.

"Ayni vaqtda 20ta nomzod-vaktsinalar klinik sinovlardan oʻtmoqda va ularning ayrimlari ish beradi, degan umid bor", - deya iqtibos keltiradi nashr Svamitan soʻzlaridan.

Natijalar kelgusi yilning boshiga kelib olinishi mumkin. Virusga qarshi antitanachalar maʼlum muddatdan keyin yoʻqolishlari mumkinligi orttirilgan immunitetning mutlaqo yoʻqligini dalillamaydi, deb hisoblaydi Svaminatan.

Bu orada Rossiyada vaktsinaning klinik sinovlari yakuniga yetkazildi va ilk namuna yaratildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1165)

Asosiy mavzular