15:56 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
309520

Xususan, Toshkent va Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Qozon, Vladivostok shaharlari oʻrtasida aviaparvozlar tiklanadi.

TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. 2020 yilning 1 sentyabridan boshlab Toshkentdan Rossiya Federatsiyasining turli shaharlariga doimiy aviareyslar tiklanadi. Bu haqda Rossiyaning "AeroTur" aviakompaniyasi maʼlum qildi, deya xabar beradi Tashqi migratsiya agentligi.

Xususan, Toshkent va Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Qozon, Vladivostok shaharlari oʻrtasida aviaparvozlar tiklanadi.

Hozirgi kunda aviakompaniya saytida 1 sentyabrdan 30 sentyabrgacha reyslar jadvali eʼlon qilingan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq, Rossiya MDH davlatlariga avia-parvozlarni boshqa davlatlarga koʻra oldinroq yoʻlga qoʻyishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Rossiya COVID-19 pandemiyasi tufayli boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter parvozlarni 27 mart sanasidan vaqtinchalik toʻxtatgan edi.

Oʻzbekiston Transport vazirligi Oʻzbekiston fuqarolarini rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ishonib  aviachiptalarni sotib olmaslikka chaqirib keladi.

Asosiy mavzular