22:52 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
269 0 0

Ayni vaqtda 99 kishi ushbu infektsiya qurboniga aylangan. 8560 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 100 nafari ogʻir, 27 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 23 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 18531 nafarga yetdi, deb xabar qildi ni Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Yangi kasallanish holatlarining 37 nafari Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilganligi tufayli profilaktika maqsadida namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida - 34 nafardan, Buxoro viloyatida - 19, Qoraqalpogʻiston Respublikasida - 15 hamda Fargʻona viloyatida 13 nafar koronavirusga chalingan bemorlar aniqlangan.

Ayni paytda Oʻzbekistonda 9872 nafar (53%) koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar  sogʻaygan.

Toʻqson toʻqqiz kishi ushbu infektsiya qurboniga aylangan, 8560 nafar bemorga davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 100 nafari ogʻir, 27 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda. 

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, kasallik tarqala boshlagan vaqtdan buyon to hozirga qadar butun dunyoda 14,5 million kishi bemorlangan, 607 mingdan ziyodi qurbon boʻlgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular