Toshkentda qutqaruvchilar quduq ichidagi ikki inson hayotini saqlab qoldilar

© MChSV Kashkadarye proshli ucheniya MChS - foto
V Kashkadarye proshli ucheniya MChS - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Quduq tubida kislorod yetarli bo‘lmaganligi sababli fuqaro sog‘lig‘i kutilmaganda yomonlashib qolgan. Unga yordam berishga shoshilgan yana bir fuqaroning ham sog‘lig‘i yomonlashgan

TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. Toshkent tumani Favqulodda vaziyat vazirligi xodimlari quduqqa tushib, sog‘lig‘i yomonlashgan ikki fuqaro hayotini saqlab qolishdi.

Sotrudnik MChS  - Sputnik O‘zbekiston
FVV temir panjara orasiga siqilib qolgan bolani qutqardi

Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashovchi A.A. ismli fuqaro o‘z xonadonining darvozasi yaqinida qurilgan oqava suv uchun mo‘ljallangan chuqurligi 6 metrdan ortiq bo‘lgan quduqqa uning ichidagi yog‘ochlarni olib chiqish uchun tushgan.

Quduq tubida kislorod yetarli bo‘lmaganligi sababli uning sog‘lig‘i kutilmaganda yomonlashgan. Unga yordam berish uchun tushgan fuqaro B.U.ning ham sog‘lig‘i yomonlashgan.

Shu vaqt quduq ichidan yordam so‘rab kelayotgan ovozni eshitgan fuqaro A.A.ning o‘g‘li qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Sotrudniki protivopojarnoy slujbi MChS RF vo vremya tusheniya pojara v pansionate dlya pojilix lyudey v Moskve. Po dannim ekstrennix slujb pri pojare pogibli chetire cheloveka i shestnadsat chelovek postradali - Sputnik O‘zbekiston
Qariyalarni yong‘indan qutqargan o‘zbek migrantlari: medal emas, ish bering

Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan qutqaruvchilar quduq ichida hushini yo‘qotayozgan ikki nafar fuqaroni yuqoriga olib chiqib, ularga zarur yordamlarni ko‘rsatdi.

Shu tariqa ikki nafar fuqaroning hayoti saqlab qolingan.

Iyul oyi boshida Qoraqalpog‘istonda FVV podpolkovnigi Radmir Chimbergenov Nukus shahri markazida joylashgan Kattagar kanalida cho‘kib borayotgan 8 yoshlar atrofidagi bolakay va o‘rta yoshdagi erkakni ko‘rib qolib, o‘zini suvga otgan va bolakay hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan edi. Erkakni qutqarishning imkoni bo‘lmagan.

Yangiliklar lentasi
0