21:38 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
71110

Yacheyka aʼzolari teraktlarga daʼvat qilib, yollash va jangovar zonalarga oʻtkazish, Suriyadagi terrorchilarni moliyalashtirish ishlarini amalga oshirgan.

TOSHKENT, 23 iyul - Sputnik. Kuch tuzilmalari Moskva, Novosibirsk va Krasnoyarskda taʼqiqlangan "Oʻzbekiston islom harakati" terroristik uyushmasi yacheykalari ishtirokchilarini qoʻlga oldi, deb xabar bermoqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB).

Yacheyka aʼzolari teraktlarga daʼvat qilib, yollash va jangovar zonalarga oʻtkazish, Suriyadagi terrorchilarni moliyalashtirish ishlarini amalga oshirgan.

Qoʻlga olish vaqtida ulardan taʼqiqlangan diniy adabiyot, jangarilarning tashviqot videomateriallari, shuningdek, qalbaki pasportlar olib qoʻyilgan.

Tezkor qidiruv ishlari va tergov harakatlari davom etmoqda.

Bu yoz oyi boshidan maxsus xizmatlar tomonidan oldi olingan yettinchi teraktdir. FXX bir kun oldin Kabardino-Balkariyada kuch tuzilmalariga amalga oshirilishi rejalashtirilgan hujumning oldini olgan edi.

Bir yarim oy davomida Xabarovsk oʻlkasi, Rostov viloyati, Astraxan, Vladikavkaz, Simferopol va Chuvashiyada jangarilar hujumlari oldi olindi. Yil boshidan 17ta terroristik akt rejasi barbod qilindi.

Iyun oyi oʻrtasida FXX direktori Aleksandr Bortnikov soʻnggi 10 yil ichida Rossiyada 160ta, 2019 yilda 43ta terakt bartaraf etilgani haqida bayonot bergan edi.

Asosiy mavzular