Mirziyoyev ikki IIV xodimini vafotidan so‘ng "Jasorat" medali bilan taqdirladi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan Ichki ishlar organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan Ichki ishlar organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV tizimi vakillari COVID-19 qurboni bo‘lgani taxmin qilinmoqda

Ichki ishlar xodimlari koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab va sinovli kunlarda hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, mavjud xatarlarga qarshi kurashish, infeksiya keng tarqalishining oldini olish, yurtimizda sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlangan.

Faxriy unvon, orden va medallar o‘zining matonati, bilim va salohiyati, professional mahoratini namoyon etib, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, o‘z burchi va qasamodiga sodiq qolib, zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish yo‘lidagi ulkan jasorati va fidoyiligi uchun topshirilmoqda.

"Jasorat" medali bilan

Nafasov Shavkat Nasirovich (marhum) - Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i

Gorodskaya klinicheskaya infeksionnaya bolnitsa v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
IIVning yana bir xodimi koronavirus oqibatida vafot etdi

Shamaxmudov A’loxon Abzalovich (marhum) - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari

"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan

Kamalov Bekzod Nigmatbekovich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi  22-sonli jazoni ijro etish koloniyasi bo‘lim boshlig‘i

Kurbanov Begali Turdaliyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori

Qahhorov Axmad Azimovich - Buxoro viloyati Buxoro tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi tayanch punktlari profilaktika katta inspektori

Vrach v zapotevshix zashitnix ochkax vo vremya raboti v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashgan bir guruh fuqarolarni mukofotladi

Tirkashev Murodjon Mamurovich - Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bo‘linma komandiri

Usmonov Baxtiyor Shermirzayevich - Andijon shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili

Xudaykulov Ulugbek Parmonovich - Navoiy viloyati Xatirchi tumani ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika katta inspektori

 

Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0