18:05 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1156)
396 0 0

Kechaning oʻzida Oʻzbekistonning 7 hududida 492 kishida koronavirus aniqlangan, 4 bemor vafot etgan. Qurbonlarning barchasi ayol, ulardan biri — homilador boʻlgan

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik.  Yangi turdagi koronavirusga chalinish holatlari Oʻzbekistonda kechaning oʻzida 492 nafarga ortdi. Infektsiyalanganlarning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Bemorlar Oʻzbekistonning 7 hududida qayd etilgan. COVID-19 virusini yuqtirganlarning 4  nafari vafot etgan: qurbonlarning barchasi ayol, ulardan biri — homilador boʻlgan.

Mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, hozirda kasallik qayd etilgan jami 19 360 nafar bemordan 10 472 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 54 %ni tashkil etmoqda.

Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 782 nafar bemordan 138 nafari ogʻir, 40 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda qolmoqda.

Mamlakatda uy karantinida 67 298 nafar, statsionar karantinda esa 25 802 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda boʻlib turibdi.

Xitoy hukumati 2019 yil 31 dekabr kuni Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotini mamlakatning markaziy qismi (Xubey provintsiyasi)dagi Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya avj olgani haqida xabardor qilgan edi. Mutaxassislar kasallik qoʻzgʻatuvchisi yangi koronavirus boʻlganini aniqladilar va infektsiya keyinchalik rasman COVID-19 nomini oldi. BSST 11 mart kuni koronavirus pandemiyasini eʼlon qildi.

Ayni vaqtda butun dunyoda kasallanganlar soni 15,5 milliondan oshib ketgan. 633 630 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1156)

Asosiy mavzular