22:17 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
1847 0 0

Pushkov oʻzining telegram-kanalida bu singari "amerika modasiga koʻr-koʻrona taqlid qilishlar" "ikkilamchi va mustaqil boʻlmagan" odamlarga xosligini aytgan

TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Federatsiya kengashining Axborot siyosati va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar komissiyasi rahbari Aleksey Pushkov mehnat muhojiri oldida tiz choʻkkan moskvalik erkakning ustidan kuldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Sal oldin Moskvada yashovchi Aleksandr Andrianov oʻzining "VKontakte" ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida rossiyaliklar migrantlar haqida oʻylamasliklari, koʻchalar ozodaligi, uyga yetkazib berilayotgan ovqatlar va qurilayotgan uylar uchun ulardan minnatdor boʻlmayotganliklari haqida achinib yozgan edi.

U shuningdek, Migrants Lives Matter harakati vujudga kelganini maʼlum qilib, ushbu yozuv aks etgan futbolkada oʻzining spetsovka kiygan erkak oldida tiz choʻkib, migrant poyabzalini artgani aks etgan videoni ommaga eʼlon qildi.

Pushkov oʻzining telegram-kanalida OAVlarda yoritilgan ushbu hodisa haqidagi xabarlar skrinshotini joylashtirdi va bu singari "amerika modasiga koʻr-koʻrona taqlid qilishlar" "ikkilamchi va mustaqil boʻlmagan" odamlarga xosligini aytdi.

"Ishonamanki, ushbu hatti harakat va ifodalab boʻlmas dahshat - gʻalati istisno sifatida qoladi. Axir bu yerda oʻzlashtirilgan poza va ichki boʻshliqdan boshqa hech narsa yoʻq", deya xulosa qilgan rossiyalik senator.

Sal oldin Mineapolisda politsiyachilar qora tanli Jorj Floydni oʻldirib qoʻyishganlaridan keyin AQSH shaharlarini norozilik va tartibsizliklar toʻlqinlari qamrab olgan edi. Internetlarda paydo boʻlgan videoda politsiyachilar Floydning qoʻliga kishan taqib, uni yerga yiqitishgani va uchovlashib uning ustiga chiqib olishgani, politsiyachilardan biri Floydning boʻyniga tizzasini qoʻygani aks etgan edi. Floyd videoda bir necha marotaba nafas ololmayotgani haqida takrorlaydi, soʻngra jimib qoladi. U reanimatsiyada vafot etgan.

Tartibsizliklardan soʻng toʻrt politsiyachi ishdan boʻshatildi, ulardan biri qotillikda ayblandi.

Shuningdek, tarmoqlarda politsiyachilar amerikaning tartibsizliklar qamrab olgan shaharlarida norozilik namoyishchilari oldida tiz choʻkishgani aks etgan video paydo boʻldi. Ottavada irqchilik va politsiyachilar shafqatsizligiga qarshi namoyishlarda ishtirok etgan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ham halok boʻlgan Floyd xotirasiga tiz choʻkkan edi.

Asosiy mavzular