14:05 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
39710

Oʻzbekistonda 2022 yildan boshlab maktab bitiruvchilari test topshirishadi. Bunda test javoblariga koʻra oʻquvchilar uchun ular istagan OTMga kirishda imkoniyat yaratiladi.

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonda maktab bitiruvchilari bilimiga baho berishning yagona tizimi joriy etiladi. Bu haqdagi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Loyihaga koʻra 2021-2022 oʻquv yilida tajriba sinov tariqasida Oʻzbekiston taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan hududdagi umumiy oʻrta maktab va akademik litsey, 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab barcha umumiy oʻrta maktab, akademik litsey va qabuli 9-sinf negizi asosida amalga oshiriladigan kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari unifikatsiya qilinib, yagona test sinovlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.

Bunda:

umumtaʼlim muassasalarining joriy yil bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni sifatida uchta fan — ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Oʻzbekiston tarixi (keyingi oʻrinlarda – majburiy fanlar) fanlaridan test sinovlarini topshiradi;

majburiy fanlar boʻyicha test sinovi natijalari umumtaʼlim muassasasi bitiruvchilarining umumiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati (shahodatnoma, diplomi)ga qoʻyiladi;

oliy taʼlim muassasalariga kirish istagini bildirgan umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilari shaxsiy tanloviga koʻra, ixtiyoriylik asosida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos fanlardan test sinovlarini topshiradi;

2022 yildan boshlab, avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatganlar belgilangan muddatlarda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos fanlar va majburiy fanlardan test sinovlarini topshiradi.

Har yili test sinovi va oliy taʼlim muassasalariga qabul natijalari tahlili asosida umumtaʼlim muassasalari taʼlim dasturlari va bitiruvchilar sifati monitoringini olib boriladi.

Asosiy mavzular