Qozog‘istonda karantin yana ikki haftaga uzaytirildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Kazaxstane v svazi s koronavirusom
Situatsiya v Kazaxstane v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Toqayev mamlakatdagi epidemiologik vaziyat masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Toqayev mamlakatdagi karantin cheklovlarini keyinchalik bosqichma-bosqich yumshatish sharti bilan yana ikki haftaga uzaytirishga ko‘rsatma berdi. U bu haqda bugun Akordada o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qilgan.

Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 22,1 ming nafardan oshdi

"Iyul oyida joriy etilgan cheklov choralarining ijobiy ta’sirini yanada kuchaytirish hamda Qozog‘iston va qo‘shni davlatlardagi epidemiologik vaziyatning murakkablashuvi ehtimolini hisobga olgan holda, Kasim-Jomart Tokayev davlat komissiyasiga keyinchalik bosqichma-bosqich yumshatish sharti bilan karantin tadbirlarini ikki haftaga uzaytirishga ko‘rsatma berdi", - deyiladi Akorda saytidagi bayonotda.

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka davomida koronavirusni yuqtirganlik bo‘yicha 1 544 ta holat qayd etilgan, kasallanganlarning umumiy soni 86 192 nafarga yetgan.

Sog‘aygan bemorlar soni 56,6 mingdan ziyodni tashkil etadi. Qurbonlar soni esa 793 nafar.

Yangiliklar lentasi
0