Asadjon Xodjayev AOKAga rahbar etib tayinlandi

© podrobno.uzAsad Xodjayev - press-sekretar prezidenta respubliki Uzbekistan
Asad Xodjayev - press-sekretar prezidenta respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xodjayev 2019-yilning noyabrida Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda Asadjon Xodjayev AOKAga rahbar etib tayinlandi.

Komil Allamjonov i Saida Mirziyoyeva  - Sputnik O‘zbekiston
AOKA tashkil etilganidan buyon O‘zbekiston media-olamida nimalar o‘zgardi?

"Majlisda axborot sohasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan ochiqlik siyosatini amalga oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlashga oid tizimli ishlarni tashkil qilish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda axborot xizmatlarining nufuzini oshirish va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Asadjon Xodjayevni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor etib tayinlash to‘g‘risidagi Prezident Qarori o‘qib eshittirildi", - deyiladi AOKA bayonotida.

Asadjon Xodjayev 2003–2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish loyihasi rahbari o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

AOKA nomi bilan tadbirkorlarni shantaj qilgan "uddaburro"lar aniqlandi

Asadjon Xodjayev 2004–2011 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari, 2011-2012 yillarda O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi Bosh direktori, 2012-2017 yillarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri apparati mudiri bo‘lgan.

U 2017-yilning martidan avgustigacha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Davlat maslahatchisi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati rahbari bo‘lgan.

Keyinroq O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari, 2018-yil avgust oyidan Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi direktori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Xodjayev 2019-yilning noyabrida Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Yangiliklar lentasi
0