00:39 26 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
39540

Sal oldin deputat Kusherbayev Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga Uzavtomotors "Raqobat toʻgʻrisida"gi qonun talablariga rioya etishi, xususan, ishlab chiqarilayotgan avtomobillar tannarxi shakllanishi asosliligi yuzasidan axborot berish haqida deputatlik soʻrovi yuborgan edi

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan UzAuto Motorsga nisbatan ish qoʻzgʻatildi.

Sal oldin deputat Rasul Kusherbayev Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisiga deputatlik soʻrovi yuborgan edi.

Maʼlum boʻlishicha, avtomobil ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi UzAuto Motors AJning joriy yil mart oyida bir qator yengil avtomobillar narxini oshirishi saylovchilar va jamoatchilik vakillari tomonidan keng muhokamalarga sabab boʻlgan.

Shu munosabat bilan OʻzLiDeP fraktsiyasi aʼzolari hisoblangan deputatlar R.Kusherbayev, D.Gʻaniyev, N.Jumayev tomonidan "Parlament nazorati" shaklida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N.SH.Sharipovga tegishli deputatlik soʻrovi yuborildi.

Soʻrovda Hukumat topshirigʻi doirasida UzAuto Motors AJ tomonidan "Raqobat toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shu jumladan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qoʻllanilishi asosliligi yuzasidan olib borilgan oʻrganishlar va koʻrilgan choralar haqida asoslantirilgan axborot berish hamda qoʻmitaning avtomobillar narxini aholining harid qobiliyatiga moslashtirish yuzasidan nuqtai nazarini bayon etish talabi qoʻyilgan.

Shundan soʻng Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan UzAuto Motors AJda vakolat doirasida tekshirish oʻtkazildi.

Tekshirish natijalari boʻyicha UzAuto Motorsda "Raqobat toʻgʻrisida" Qonunining tegishli moddasi talablari buzilishi alomatlari aniqlanib, kompaniyaga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilgan.

"Yuqoridagilarni inobatga olib, UzAuto Motors AJga nisbatan qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot taqdim etiladi", - deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular