O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam tarqatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumatning tegishli farmoyishiga asosan "Saxovat va ko‘mak" fondi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatiladi. Hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablag‘larni aholiga tarqatilishini ta’minlaydi.

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Hukumatning tegishli farmoyishiga asosan "Saxovat va ko‘mak" fondi orqali O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga jami 150 mlrd so‘m moddiy yordam tarqatiladi.

Kalkulyator i kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun ajratilgan qarz 1 mlrd $ dan oshdi

Buning uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 150 mlrd so‘m ajratilishi belgilandi.

Ushbu mablag‘ hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 10 mlrd; Andijon viloyati - 10 mlrd; Buxoro viloyati - 10 mlrd; Jizzax viloyati - 5 mlrd; Qashqadaryo viloyati - 20 mlrd; Navoiy viloyati - 5 mlrd; Namangan viloyati - 10 mlrd; Samarqand viloyati - 10 mlrd; Surxondaryo viloyati - 10 mlrd; Sirdaryo viloyati - 5 mlrd; Toshkent viloyati - 10 mlrd; Farg‘ona viloyati - 10 mlrd; Xorazm viloyati - 10 mlrd; Toshkent shahri - 25 mlrd.

Hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablag‘larni aholiga tarqatilishini ta’minlaydi.

Yangiliklar lentasi
0