19:16 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)
275 0 0

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, jahonda koronavirus bilan bemorlanish holatlari 16,8 milliondan oshib ketgan, 662 ming kishi infektsiya tufayli vafot etgan.

TOSHKENT, 31 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 287 nafarga ortdi va hozirda 23 558 kishini tashkil etmoqda, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Yangi kasallanish holatlarining 111 nafari Karantin markazidagi xorijdan kelgan fuqarolar orasida, 112 nafari Toshkent, 22 nafari Sirdaryo, 17 nafari Qashqadaryo, 15 nafari Namangan hamda 10 nafari Navoiy viloyatlarida aniqlangan.

Mamlakatda 9 741 nafar bemorga standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 436 nafari ogʻir, 181 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda. 137 inson virus qurboniga aylangan.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda koronavirus bilan bemorlanish holatlari 16,8 milliondan oshib ketgan, 662 ming kishi infektsiya tufayli vafot etgan.

Soʻnggi bir sutkada COVID-19ga chalinganlik boʻyicha 253 793 ta yangi holat qayd etilgan, 5 999 kishi qurbon boʻlgan.

BSST 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalishini pandemiya deb eʼlon qilgan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)

Asosiy mavzular