O‘zbekistonda avtomobillar harakatiga 72 soatlik cheklov amal qila boshladi

Obuna bo‘lish
Bugun, 31-iyul — Qurbon hayiti bayramida, shuningdek 1-2 avgust – shanba-yakshanba kunlari butun respublika bo‘ylab avtotransport vositalari harakati kuchaytirilgan tartibda cheklanadi.

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda avtomobillar harakatiga 72 soatlik cheklov amal qila boshladi.

Prazdnik Kurban-Bayram v Moskovskoy Sobornoy mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Qurbon hayiti bu yil o‘zgacha o‘tadi

Bugun, 31-iyul — Qurbon hayiti bayramida, shuningdek 1-2 avgust – shanba-yakshanba kunlari butun respublika bo‘ylab avtotransport vositalari harakati kuchaytirilgan tartibda cheklanadi.

Uch kun davomida faqat 2 toifa avtomobillar harakatiga ruxsat beriladi: maxsus ruxsatnomasi bor mashinalar; maxsus ruxsatnomasiz yurish huquqiga ega mashinalar.

Kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam bilan bog‘liq hollarda, tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi uchun stiker talab etilmaydi.

Ilgariroq Musulmonlar idorasi bu yilgi Qurbon hayiti karantin sharoitida nishonlanayotgani inobatga olib, odamlar jamlanishiga sabab bo‘ladigan urf-odatlarni tashkil etmaslik, uyma-uy yurib, turli xil azaxonliklar, ma’rakalarni o‘tkazmaslik va qabristonlar ziyoratidan saqlanishni so‘ragan edi.

Yangiliklar lentasi
0