02:16 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
42610

Uyushgan jinoyatchilar dori vositalarini asosan Qirgʻizistondan kontrabanda yoʻli bilan Oʻzbekistonga olib kirish bilan shugʻullangan

TOSHKENT, 31 iyul - Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent shahri, Fargʻona, Namangan va Samarkand viloyatlarida yashovchi 18 nafar shaxsdan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek koʻyildi.

Giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatlariga kiritilgan dori vositalari savdosi bilan shugʻullanuvchi mazkur guruh aʼzolaridan "kora bozor" narxida umumiy qiymati 3,2 mlrd. soʻmdan ziyod boʻlgan 28 560 dona "Tramadol" tabletkasi, 7 ming dona "Tropikamid" flakoni, 35 700 dona "Lirika", 3 920 dona "Regapen" va 5 600 dona "Perge" kapsulalari musodara qilingan.

Shuningdek, 4 300 AQSH dollari protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.

Jinoyat quroli sifatida 1 ta "Malibu", 3 ta "Lasetti" va 1 ta "Neksiya" avtomashinalari olib qoʻyilgan.

Guruh aʼzolari 1977-1994 yillar oraligʻida tugʻilgan fuqarolar boʻlib, ulardan 2 nafari ayol hamda 5 nafari muqaddam sudlangan shaxslardir.

Ushbu dori vositalari asosan Qirgʻiziston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kirilgan.

Hozirda Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

Asosiy mavzular