22:53 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
191 0 0

Xabarda aytilishicha, ayrim OAVlarda va ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 14 avgustidan eʼtiboran elektr energiyasi uchun tariflarning oshirilishi toʻgʻrisidagi xabarlar notoʻgʻri talqin etilmoqda.

TOSHKENT, 31 iyul - Sputnik. Isteʼmolchilar uchun elektr energiyasi tariflari oshirilmaydi, deb xabar qilmoqda "Issiqlik elektr stantsiyalari" AJ matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, ayrim OAVlarda va ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 14 avgustidan eʼtiboran elektr energiyasi uchun tariflarning oshirilishi toʻgʻrisidagi xabarlar notoʻgʻri talqin etilmoqda.

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2020 yil 29 iyuldagi 5-sonli yigʻilishi qaroriga asosan 2020 yilning 14 avgustidan eʼtiboran elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish boʻyicha elektrenergetika sohasi korxonalari oʻrtasida yangi tariflar joriy etilishi belgilangan. Ushbu tariflarning amaliyotga tatbiq etilishi, sohaviy muassasalar oʻrtasidagi moliya-iqtisod munosabatlariga daxldor boʻlib, oqibatda elektr energiyasining isteʼmolchilarga yetkazib berish tariflariga taʼsir koʻrsatmaydi, yaʼni narxlarning oshishiga sabab boʻlmaydi", - deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular