18:29 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Yangiliklar
Havola olish
1050 0 0

Rossiyada xalqaro yoʻnalishlarda fuqarolik tashuvlarini qayta tiklash ustida jiddiy ishlar olib borilmoqda

TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Avia-parvozlarni qayta tiklash variantlari oliy darajada muhokama qilinmoqda, deb xabar qiladi Sputnik Tojikiston TASS axborot agentligiga tayangan holda.

Axborot agentligi manbalaridan biri xalqaro avia-parvozlarning qayta tiklanishi ehtimoliy sanasi etib 11 avgustni aytgan. Shu sanadan Rossiya barcha davlatlar bilan parvozlarni qayta tiklash imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Yana bir manba esa, ushbu masala Rossiyada koronavirus boʻyicha tezkor shtabning oxirgi majlisida muhokama qilinganiga aniqlik kiritgan.

Rossiya TIV va tezkor shtab oʻzining oxirgi bayonotlarida bir necha marotaba avia-parvozlarni qayta tiklash masalasi tahlil qilinayotgani va koʻrib chiqilayotgani haqida toʻxtalgan edilar.

Ayni vaqtga kelib, Rossiya Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniya bilan avia-qatnovlarni rasman tiklagan. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Tatyana Golikovaning aytishicha, parvozlar faqatgina oʻzaro kelishuv asosida qayta tiklanishi mumkin.

Soʻnggi tezkor xabarlarga koʻra, Rossiya 15 avgustdan Shveytsariya bilan avia-parvozlarni tiklamoqda.

Xabarda aytilishicha, Moskva — Jeneva — Moskva marshruti boʻyicha reyslar haftasiga bir marotaba amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular