05:48 08 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1064)
1421 0 0

Rossiyada aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash ishlari oktyabr oyida boshlanadi. Privivkalarni birinchi boʻlib tibbiyot xodimlari va oʻqituvchilar oladilar.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi N.F.Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan, koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinalarning klinik sinovlari yakunlandi. Bu haqda jurnalistlarga RF sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko maʼlum qildi. Ayni vaqtda vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

"Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan, koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinaning klinik tadqiqotlari yakunlandi va hozirda uni roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni uchun hujjatlar toʻplami tayyorlanmoqda", - dedi Murashko.

Vazir xabariga koʻra, aholini ommaviy emlash ishlari mediklar va oʻqituvchilardan boshlanadi.

"Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi olingach, qoʻllanila boshlaydi va parallel ravishda (kuzatuv ishlari) olib boriladi, vaktsinatsiya alohida guruhlardan boshlanadi - bu birinchi navbatda mediklar va oʻqituvchilardir, bundan tashqari vaktsina qilingan bemorlar ustidan nazorat ishlari boshlanadi", - dedi Murashko jurnalistlarga.

Vazirning soʻzlariga koʻra, Rossiyada koronavirus infektsiyasiga qarshi ommaviy vaktsinatsiya oktyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1064)

Asosiy mavzular