23:54 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
132 0 0

Chiplarni maxsus robot joylaydi. Ular odamning kayfiyatini oʻzgartirishga, shuningdek harakatsiz odamlarga yurish imkoniyatini beradi, deydi ixtirochi.

TOSHKENT, 4 avg - Sputnik. SpaceX kompaniyasi rahbari va Tesla bosh direktori Ilon Mask uning startapi ishlab chiqayotgan miya chiplari imkoniyatlari haqida gapirdi, deb xabar qildi "Izvestiya" nashri.

Maskning soʻzlariga koʻra, kompyuter va inson miyasi oʻrtasida bevosita aloqa oʻrnatish - loyihaning asosiy maqsadi sanaladi. Ushbu texnologiya tufayli musiqani toʻgʻridan-toʻgʻri miyaga translyatsiya qilish va inson gormonlari darajasini tartibga solish mumkin boʻladi. Chip havotirdan xalos boʻlishga yoki fikrlarni jamlashga imkon beradi. Qurilma tanada oksitotsin (ayollarning sogʻligʻiga taʼsir qiladi), serotonin (kayfiyat uchun maʼsul) va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarilishini ragʻbatlantiradi.

Mask ixtiro yordamida miyasi shikastlangan odamlar oyoq-qoʻl harakatchanligini tiklay olishini alohida taʼkidladi.

2019 yil iyul oyida ixtirochi inson miyasini kompyuterga bevosita ulash usuli ishlab chiqilayotgani haqida gapirgan edi. Kompaniya qalinligi 4-6 mikrometrga teng, igna yordamida oʻrnatiladigan egiluvchan "ipaklarni" yaratdi. Ularni miyaga xavfsiz yetkazish uchun kompaniya neyroxirurgik robotni yaratdi. Tizimni smartfon yordamida boshqarish mumkin boʻladi. Texnologiya sinovlarini amalga oshirish uchun AQSH oziq-ovqat va dori vositalari nazorati Boshqarmasi roziligi talab etiladi.

Asosiy mavzular