Inson o‘lgach ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti taqdiri ne kechadi?

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSotsialnaya set "Feysbuk"
Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vafot etgan insonning sahifasi ko‘pincha uning qarindoshlari va do‘stlari uchun ziyorat obyekti bo‘lib qoladi. Buni tushungan holda yirik kompaniyalar marhumlarning sahifalari uchun turli choralarni taklif qilmoqdalar

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlar tez sur’atlarda o‘sib borayotganini hisobga olib, yaqin o‘n yilliklarda vafot etganlarning sahifalari soni tirik odamlar sahifalaridan oshib ketishi ro‘y berishi mumkin.

Sotsialnie seti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqni yoqtirishlari ma’lum bo‘ldi

Shu bilan birga, o‘tib ketgan odamning sahifasi ko‘pincha uning qarindoshlari va do‘stlari uchun ziyorat obyekti bo‘lib qoladi. Buni tushungan holda yirik kompaniyalar marhumlarning sahifalari uchun turli xil choralarni taklif qilmoqdalar, dedi "Praym" agentligiga bergan ma’lumotida "Roskachestvo" raqamli ekspertiza markazi rahbari Anton Kukanov.

"Misol uchun, Facebook foydalanuvchilarga sahifaga kirish huquqini meros qilib beriladigan ishonchli shaxsni tanlashga va uning hayoti davomida vidolashuv xabarini yozishga imkon beradi (marhumning sahifasi ismi yonida "Remembering" xotira maqomi paydo bo‘ladi). Hujjatlarni ko‘rsatish orqali oila a’zosi ham merosxo‘rga aylanishi mumkin. Shuningdek marhumning qarindoshlarining iltimosiga ko‘ra shaxsning sahifasini butunlay yo‘q qilish mumkin", - deydi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0