20:24 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
252 0 0

Shu bilan birga, ushbu infektsiyadan Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli erkak hamda Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli ayol vafot etdi.

TOSHKENT, 7 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 28 809 nafarga yetdi, deb xabar berdi mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida hamda 8 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida aniqlangan.

Shu bilan birga, infektsiyadan Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli B.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli L.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Hozirda mamlakatda 9 043 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 728 nafari ogʻir, 217 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Butun dunyoda koronavirus bilan bemorlanganlar soni 19 milliondan oshgan, deb xabar bermoqda Jons Xopkins universiteti.

Bunda AQSH 4,9 million holat bilan yetakchilikni saqlab turibdi. 

Dunyo boʻyicha koronavirus qurbonlari soni 712,5 mingdan oshgan, shularning 160 mingdan oshigʻi AQShda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)

Asosiy mavzular