06:12 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
175421

Sal oldin Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi Mixail Murashko Rossiyada ommaviy vaktsinatsiya oktyabr oyida boshlanishini maʼlum qilgan edi. Uning aytishicha, barcha harajatlar davlat byudjetidan qoplanadi

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Koronavirusga qarshi vaktsinatsiya dastlabki bosqichda tibbiyot xodimlari va mamlakatning keksa yoshdagi aholisiga qilinadi,deb xabar qildi sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Oleg Gridnev.

"Gamaleya markazida ishlab chiqarilgan vaktsina 12 avgustda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Hozirda oxirgi, uchinchi bosqich ustida ish olib borilmoqda. Uning sinovlari - oʻta muhim. Biz vaktsina xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Birinchi galda tibbiyot xodimlari va keksa yoshdagi kishilar vaktsinatsiya qilinadi", - deb aytgan Gridnev Ufada onkomarkaz korpusi ochilishi marosimida jurnalistlarga.

Gridnevning aytishicha, preparatning samaradorligiga aholida ommaviy immunitet shakllanganiga qarab baho berish mumkin boʻladi.

Koronavirusga qarshi vaktsinaning ishlab chiqarilishi

Sal oldin Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi Mixail Murashko Rossiyada ommaviy vaktsinatsiya oktyabr oyida boshlanishini maʼlum qilgan edi. Uning aytishicha, barcha harajatlar davlat byudjetidan qoplanadi.

Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaktsinaning klinik sinovlari 18 iyun kuni Sechenov universitetida boshlangan edi.

Oʻttiz sakkiz nafar koʻngilli ishtirok etgan tadqiqotlar davomida vaktsinaning xavfsizligi tasdiqlandi. Taʼkidlanishicha, vaktsinani sinovdan oʻtkazgan barcha ishtirokchilarda infektsiyaga nisbatan immunitet shakllangan.

Markaz direktori Aleksandr Gintsburg koronavirus vaktsinasi hammaga ham toʻgʻri kelmasligiga eʼtibor qaratgan.

Uning aytishicha, preparat kasallikni zoʻraytirib yuborishi mumkin, shu bois, surunkali kasalligi bor odamlar dastavval mutaxassislar bilan maslahatlashishlari zarur boʻladi.

Shuningdek, "Vektor" markazi ham oʻz preparatini tayyorlamoqda. Muassasa bosh direktori Rinat Maksyutov vaktsina ishlab chiqarilishi noyabr oyiga rejalashtirilganini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular