03:39 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
426 0 0

Abituriyentlar maxsus dezinfektsion yoʻlakdan oʻtkaziladi, ularga bir martalik himoya vositalari (tibbiy niqob)ga qoʻshimcha ravishda kepkalar ham tarqatiladi

TOSHKENT, 8 avg - Sputnik. Davlat test markazi direktori Majid Karimov test jarayonlari qanday oʻtishi haqida maʼlumotlarni taqdim etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

© Sputnik / Vitaliy Ankov

Xususan, oʻtgan yildagidan farqli ravishda joriy yildagi test sinovlari stadionlarda 2 ta smenada test oʻtkaziladi.

Abituriyentlarga 2 ta fandan jami 60 ta test savollariga javob topish uchun  2 soat vaqt beriladi.

Shunda 1-smena 08:00 da boshlanib 10:00 da tamom boʻladi, 2-smena esa 17:00 da boshlanib, 19:00 da tugaydi. Soat 10 dan 17 gacha stadionda hech kim boʻlmaydi.

Abituriyentlar maxsus dezinfektsion yoʻlakdan oʻtkaziladi, ularga bir martalik himoya vositalari (tibbiy niqob)ga qoʻshimcha ravishda kepkalar ham tarqatiladi.

Karimovning taʼkidiga koʻra, agar karantin 15 avgust yoki 30 avgustda bekor qilinsa, test sinovlari 2 sentyabrda boshlanadi.

"Biz 2 sentyabrgacha pandemiya bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashidan umidvormiz. Agar karantin uzaytirilsa, albatta test qoldiriladi. Chunki birinchi navbatda abituriyentlar salomatligi turadi", — deb aytgan Davlat test markazi direktori.

Shuningdek, DTM test sinovi shaffof oʻtishi uchun sinovda qatnashadigan nazoratchilarni bodi-kameralar bilan taʼminlash boʻyicha Maxsus komissiyaga taklif kiritishni rejalashtirmoqda.

Asosiy mavzular