O‘zbekistonda 1-sentabrdan 10 ming $ni olib chiqish mumkin bo‘ladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 mln so‘m ekvivalentidan ortiq O‘zbekiston naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi uchun deklaratsiya to‘ldiriladi

TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Xorijga olib chiqib ketish mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori oshadi. Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 mln so‘m ekvivalentidan ortiq O‘zbekiston naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi uchun deklaratsiya to‘ldiriladi (amalda 2 ming AQSh dollari).

Shuningdek, 100 mln so‘mga teng yoki undan oshmaydigan naqd valyutani O‘zbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga amal qilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi (amalda 5 ming AQSh dollari).

Qaror 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0