O‘zbekistondagi mingdan ziyod maktablar qog‘oz kundalikdan voz kechmoqda

© StringerShkolnie dnevniki
Shkolnie dnevniki  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligi 2020-2021 o‘quv yili boshlanishidan oldin Toshkentdagi barcha hamda viloyatlardagi mingga yaqin maktab o‘quvchilarning ota-onalariga qog‘oz kundalik xarid qilish o‘rniga, uning elektron muqobili Kundalik.com'га obuna bo‘lish zarurligini ma’lum qilmoqda

TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Yangi o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning 1200ta maktabida qog‘oz kundaliklar va jurnallar bekor qilinadi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot-xizmati.

Shkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obsheobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyoda va boshqa davlatlarda yangi o‘quv yili qanday boshlanadi?

"Bu bir tomondan o‘qituvchilarni qog‘oz jurnallarni to‘ldirish va hisobotlarni qo‘lda yozishga ketadigan vaqtlarini iqtisod qilish bilan birga ota-onalar va maktab orasida elektron hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarishga xizmat qiladi. Elektron kundalik sizlarga onlayn rejimda maktabdagi barcha voqealar va farzandingizning baholaridan xabardor bo‘lish, sinf rahbarlari va boshqa o‘qituvchilar bilan aloqani ushlab turish hamda bolaga ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga o‘z vaqtida yordam berish imkonini yaratadi", - deb qo‘shimcha qilingan vazirlik rasmiy bayonotida.

Kundalik.com TAS-IX zonasida joylashgan bo‘lib, platforma bilan ishlaganda barcha operatorlar, jumladan mobil operatorlar tomonidan internet-trafik sarflanmaydi.

Foydalanuvchilar haqidagi hamma ma’lumotlar "O‘zbektelekom" serverlarida saqlanadi.

Kontrolnaya rabota v shkole - Sputnik O‘zbekiston
Maktab direktorlarining oshirilgan maoshi o‘quvchilarning OTMga kirishiga bog‘liq bo‘ladi

Ta’kidlanishicha, ushbu tizimga to‘liq o‘tish orqali, ota-onalar sinf rahbari bilan Telegram va boshqa messenjerlar orqali bog‘lanishiga xojat qolmaydi, natijada unga ketayotgan trafik ham iqtisod qilinadi va Telegram orqali shaxsiy ma’lumotlarni tarqab ketishi oldi olinadi.

Xalq ta’limi vazirligi 2020-2021 o‘quv yili boshlanishidan oldin Toshkentdagi barcha hamda viloyatlardagi mingga yaqin maktab o‘quvchilarning ota-onalariga qog‘oz kundalik xarid qilish o‘rniga uning elektron muqobili Kundalik.com'га obuna bo‘lish zarurligini ma’lum qiladi.

Elektron Kundalik joriy etilayotgan Respublikaning qolgan hududlaridagi maktablardagi ota-onalarga maktab ma’muriyati tomonidan bu haqda e’lon qilinadi.

Kundalik.com'ga obuna bo‘lish bahosi qog‘oz kundalikning o‘rtacha bahosiga teng (bir yilga 10 ming so‘m). Dastlabki oy davomida ota-onalar tizimdan sinov tariqasida foydalanish imkoniyati mavjud.

Yangiliklar lentasi
0