02:24 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1169)
417 0 0

BSST jarayoni boʻyicha, buning uchun tashkilot ekspertlari yangi mahsulot sifatini qayta tekshirib, uning xalqaro darajada vaktsinalar ishlab chiqarish standartlariga qanchalik muvofiq kelishini aniqlashlari lozim

TOSHKENT, 12 avg - Sputnik. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (BSST) yangi turdagi koronavirus COVID-19ga qarshi roʻyxatga olingan dunyodagi birinchi vaktsinaning taʼsiri va xavfsizligini baholash masalasida Rossiya hukumati bilan aloqada boʻlib turibdi. Bu haqda BSST rasmiy vakili Tarik Yazarevich maʼlum qilgan.

"Biz Rossiya hukumati bilan muloqotdamiz. Hozirda BSST tomonidan vaktsina sifatini qayta baholash ustida muzokaralar olib borilmoqda", - deb aytgan Yazarevich.

BSST vakilining aytishicha, vaktsinaning tezlashtirilgan ishlab chiqarilishi dorining xavfsizligi evaziga amalga oshishi kerak emas. BSST jarayoni boʻyicha, buning uchun tashkilot ekspertlari yangi mahsulot sifatini qayta tekshirib, uning xalqaro darajada vaktsinalar ishlab chiqarish standartlariga qanchalik muvofiq kelishini aniqlashlari lozim.

Sal avval COVID-19ga qarshi emlanish kunida nimalar qilish mumkin emasligi boʻyicha shifokor tavsiyasi haqida xabar bergan edik.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1169)

Asosiy mavzular