21:09 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
164 0 0

Ayni paytda Samarqand forumida Oʻzbekiston prezidentining BMT 72-sessiyasidagi tashabbusi asosida ishlab chiqilgan Yoshlar huquqlari boʻyicha xalqaro konventsiya loyihasi matni koʻrib chiqilmoqda

TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. Inson huquqlari boʻyicha Samarqand veb-forumini oʻtkazish nihoyatda dolzarb va oʻz vaqtida amalga oshirilgan tashabbusdir, deydi Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov.

Bu, jumladan, uning taʼbiri bilan aytganda, "dunyodagi aksariyat mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga va aholisi sogʻligʻiga sezilarli ziyon yetkazgan" koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan sharoitlar bilan bogʻliq.

Samarqand forumining 12 avgustda boʻlib oʻtgan ochilish marosimidagi chiqishida: "maʼnaviy-ruhiy va jismoniy salomatlik, taʼlim, kasbiy rivojlanish va fuqarolik faolligi nuqtai nazaridan yondashganda, hozirgi inqirozdan yoshlar hammadan koʻproq jabr koʻrdi", deya qayd etdi.

Shu munosabat bilan Samarqand forumining dolzarbligi haqida soʻz borganda, SHHT Bosh kotibining fikricha, "bugun mamlakatlarimizdagi yoshlar davlat, xalqaro hukumat va nohukumat tashkilotlarining navqiron avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, huquq va erkinliklarini himoya qilish, yoshlarning ijodiy salohiyatidan mamlakatlarimiz manfaatlari yoʻlida foydalanish borasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va huquqiy choralar koʻrish orqali koʻrsatadigan yordamiga har qachongidan ham koʻproq muhtoj" ekanini taʼkidlash lozim.

"Bugun yer yuzi yoshlarining qariyb yarmi yoki 800 million nafar kishi Shanxay hamkorlik tashkiloti makonida istiqomat qiladi. Mamlakatlarimiz yoshlari oʻzlarining shijoati, novatorligi va yangi gʻoyalari bilan SHHTning kelgusi taraqqiyot yoʻlida, faoliyatining turli jabhalarida muhim tayanch hisoblanadi. Xuddi shu bois yoshlar hamisha bizning Tashkilot diqqat markazida turadi", dedi Norov.

SHHT Bosh kotibi, shuningdek SHHTga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashining 2019 yil noyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan 18-majlisida delegatsiyalar rahbarlari Oʻzbekiston tomonining BMT Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiyasi loyihasini tayyorlashga doir tashabbusini qoʻllab-quvvatlab, bu borada oʻzaro muvofiqlikda ish olib borish istaklarini bildirganlarini taʼkidladi.

Norovning qayd etishicha, "mazkur BMT Konventsiyasining oʻziga xos ahamiyati shuki, unda yoshlar huquqlarini himoya qilishning dolzarb sohalarini tartibga solishga taalluqli xalqaro va milliy tajriba hisobga olingan hamda ushbu hujjat yoshlarning ehtiyojlarini qondirish, navqiron insonlarning salohiyatlarini, huquqlari, erkinliklari va eng maqbul manfaatlarini jamiki xilma-xil koʻrinishlarida va butun dunyo miqyosida kafolatlash maqsadida xalqaro, mintaqaviy va milliy darajalardagi saʼy-harakatlarni yanada kuchaytirishga qaratilgan".

"Ushbu Konventsiyaning BMT Bosh Assambleyasining yaqin oradagi sessiyasida qabul qilinishi davlatlar va butun jahon hamjamiyati oldida turgan daʼvatlarga oʻz vaqtida va amaliy tarzda berilgan javob, shuningdek yoshlarning uygʻun rivojlanishi, ularning ulkan salohiyatidan mamlakatlarimiz farovonligi va barqaror rivojlanishini taʼminlash hamda pandemiyaning salbiy asoratlarini yengib oʻtishda foydalanish uchun qulay imkoniyat boʻlur edi".

Ayni paytda Samarqand forumida Oʻzbekiston Prezidentining BMT 72-sessiyasidagi tashabbusi asosida ishlab chiqilgan Yoshlar huquqlari boʻyicha xalqaro konventsiya loyihasi matni koʻrib chiqilmoqda.

Konventsiya loyihasini tayyorlash borasidagi ishlar ikki yildan koʻproq vaqt davom etdi. Oʻtgan davrda ushbu sohada toʻplangan mintaqaviy tajriba va xorijiy mamlakatlarning ilgʻor amaliyoti oʻrganildi. Mintaqaviy va milliy darajalarda turli tadbirlar oʻtkazildi.

Hozirgi vaqtda Konventsiya matni Muqaddima va 26 ta moddadan iborat. Konventsiya muqaddimasida qay etilganidek, "barcha mamlakatlarda yoshlar rivojlanish maqsadlari uchun zarur boʻlgan asosiy odam resurslaridan biri va ijtimoiy oʻzgarishlar, iqtisodiy rivojlanish hamda texnika taraqqiyotining asosiy ishtirokchilari" hisoblanadi.

Shu bilan birga, Konventsiyada "yoshlar globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joʻshqin rivojlanayotgan sharoitlarda jamiyatdagi yirik oʻzgarishlarning oʻtkazuvchilari, manfaatdorlari va jabrdiydalari hisoblanishi" ham alohida taʼkidlangan. Xuddi shu omillar Yoshlar huquqlari boʻyicha xalqaro konventsiyaning qabul qilinishini taqozo etmoqda.

Asosiy mavzular