O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 82%i sog‘aydi

© Sputnik / AFK Sistema / Mediabankka o‘tishProizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode "Binnofarm"
Proizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bilan birga, ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 5 894 nafar bemordan 1 340 nafari og‘ir, 400 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. O‘zbekistonda "COVID-19"dan sog‘ayish ko‘rsatkichi 82 foizga yetdi, deya xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Kecha, 13-avgust kuni O‘zbekistonda aholi orasida 669 holatda kasallik qayd etilgan va jami kasallanganlar soni 33 323 nafarga yetgan.

Toshkent shahrida 4,, Toshkent viloyatida 1,, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan.

Hozirda kasallik qayd etilgan bemorlarning 27 213 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 5 894 nafar bemordan 1 340 nafari og‘ir, 400 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0