02:41 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
282 0 0

Tana harorati 37 S va undan yuqori boʻlgan yoxud infektsiya alomatlari mavjud boʻlgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

TOSHKENT, 14 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda 15 avgustdan mahalliy aviaqatnovlar va temir yoʻl qatnovlari boshlanadi. Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qilmoqda.

Mahalliy aviaqatnovlar va temir yoʻl qatnovini tashkil etishda doimiy ravishda har bir aviaqatnov va temir yoʻl qatnovidan oldin tegishli havo kemasi va temir yoʻl vagonlari (shu jumladan, har bir oʻrindiqni) toʻliq dezinfektsiyadan oʻtkazish hamda havosini zararsizlantirish tizimini joriy etish choralari koʻriladi.

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish boʻyicha qabul qilgan qaroriga asosan "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ tomonidan joriy yil 15 avgustdan boshlab mahalliy yoʻnalishlarda bosqichma-bosqich poyezdlar harakati qayta tiklanadi.

Jumladan:

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob poyezdlari Toshkent – Samarqand – Buxoro – Toshkent yoʻnalishida 2 ta,
Toshkent – Samarqand – Qarshi – Toshkent yoʻnalishida 1 ta shuningdek, Toshkent – Andijon – Toshkent yoʻnalishida 2 ta yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Yoʻlovchilar chiptalarni temiryoʻl kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.

Mahalliy yoʻnalishlarda avia qatnovlarni tiklash jarayoni ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususan, “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi tomonidan 15 avgust sanasidan eʼtiboran Toshkent – Nukus – Toshkent, Toshkent – Urganch – Toshkent yoʻnalishida haftasiga uch marotabadan, Toshkent – Termiz – Toshkent yoʻnalishida esa haftasiga ikki marotabadan parvozlarni amalga oshirish boshlanadi.

Yoʻlovchilardan poyezdlar va samolyotlar bortiga chiqishda, vokzal va aeroportlar hududida hamda yoʻl davomida sanitariya gigiyena qoidalariga doimiy ravishda qatʼiy rioya qilishlari talab qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda boʻlishi kabi karantin cheklovlari 2020 yil 15 avgustdan keyin ham saqlanib qolinadi. Tana harorati 37 S va undan yuqori boʻlgan yoxud infektsiya alomatlari mavjud boʻlgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Asosiy mavzular