19:12 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
435 0 0

Ularning barchasi COVID-19 tashxisli bemorlarni davolash tajribasiga ega. Shifokorlar guruhida anestiziolog-reanimatologlar, infektsionistlar, epidemiologlar va terapevt shifokorlar bor.

TOSHKENT, 15 avg - Sputnik. Bir guruh rossiyalik mutaxassislar Oʻzbekistonga kelishga tayyorlanishmoqda. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova maʼlum qildi 

Rossiya dunyoda birinchi boʻlib COVID 19 ga vaktsinani roʻyxatga oldi
Ruptly / RFPI / WHO / Dmitriy Kurakin/Press-slujba Minzdrava Rossii

"16 avgust kuni 40 nafar mutaxassis koronavirusga qarshi kurashda koʻmaklashish uchun kelishlari kutilmoqda. Bir oy davomida ular koronavirusga qarshi kurashish doirasida oʻzbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlashadi, amaliy-uslubiy yordam berishadi", - dedi Abdusamatova.

Ularning barchasi COVID-19 tashxisli bemorlarni davolash tajribasiga ega. Shifokorlar guruhida anestiziolog-reanimatologlar, infektsionistlar, epidemiologlar va terapevt shifokorlar bor.

Taʼkidlash kerakki, rossiyalik mutaxassislar yaqinda Qozogʻiston va Qirgʻizistondan boʻlib, koronavirusga qarshi kurashdagi oʻz vazifalarni amalga oshirib qaytishdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)

Asosiy mavzular