Navoiyda zamonaviy plyaj ochiladi

© REUTERS / Paul ChildsMujchina prigayet v vodu na plyaje v Braytone, Velikobritaniya
Mujchina prigayet v vodu na plyaje v Braytone, Velikobritaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sohil bo‘yida barpo etilayotgan plyaj, dam olish va sog‘lomlashtirish maskani hamda akvaparkning umumiy qiymati 6 mln dollarni tashkil etadi.

TOShKENT, 15 avg - Sputnik. 16 avgust kuni buxorolik faol tadbikorlar tomonidan Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani hududida joylashgan To‘dako‘l suv omborini eng so‘nggi zamon talablariga mos ravishda sohil dam olish maskaniga aylantirilgan "Silk Road Family Resort" sayyohlik plyaj zonasining rasmiy ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Otdix na Charvake - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston Shveysariyasi" mahalliy sayyohlar uchun cho‘ntakbop bo‘ladi

Ochilish marosimi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Buxoro viloyat departamenti hamda Navoiy viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov yaqinda Buxoro viloyatiga tashrifi davomida mahalliy mutasaddilar ishtirokida qator sayyohlik obyektlari singari mazkur dam olish maskanida ham bo‘lib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishgan va zarur tavsiyalarni bergan edi.

V svazi s pandemiyey istoricheskie obyekti opusteli - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda turizm qanday jonlanmoqda – foto

Jahon talablariga javob beruvchi ushbu dam olish maskani loyihasiga ko‘ra, olib borilgan qurilish jarayonlari yakunida sohil bo‘yida barpo etilayotgan plyaj dam olish sog‘lomlashtirish maskani va akvaparkning umumiy qiymati 6 mln dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, ushbu sayyohlik obyekti plyaj, basseyn, akvapark, kichik  "Disneyland", 50 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona, dam olish tapchanlari, restoran, yozgi terassa, SPA-salon, tabiat qo‘ynidagi o‘yingoh, tibbiyot burchagi, sog‘lomlashtirish maskani, sport maydoni, avtoturargoh va maxsus suv transportlari kabi turli qo‘shimcha xizmatlarni ham o‘z ichiga oladi.

© Komitet po razvitiyu turizma RUzOtkrivayetsya noviy sovremenniy kurort "Silk Road Family Resort"
Navoiyda zamonaviy plyaj ochiladi - Sputnik O‘zbekiston
Otkrivayetsya noviy sovremenniy kurort "Silk Road Family Resort"

Ochiq osmon ostida o‘tkaziladigan bir-biridan qiziqarli konsert va shou dasturlari mehmonlarning maroqli dam olishi uchun xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0