Lukashenko Putinga qo‘ng‘iroq qilib, namoyishlarni muhokama qilmoqchi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVladimir Putin i Aleksandr Lukashenko na zasedanii VGS
Vladimir Putin i Aleksandr Lukashenko na zasedanii VGS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus rahbari Lukashenko norozilik namoyishlari to‘lqini Ittifoq davlati hududiga tarqalib ketishidan haqotirda.

TOShKENT, 15 avg - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy holatga izoh berdi, u shuningdek, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan namoyishlar masalasini muhokama qilmoqchi, deb xabar qildi shanba kuni Belta agentligi. RIA Novosti xabari asosida.

Protesti v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
"Aybdorni topishdi: Polsha Belarusdagi protestlarda "Moskva qo‘lini" ko‘rdi

"Nima bo‘layotganini ko‘rib turibmiz. Bizni tinch aksiyalar va namoyishlar bilan allalashni keragi yo‘q. Biz ularning negizida nima ro‘y berayotganini ko‘rapmiz. Juda yaxshi ko‘rib turibmiz. Qolaversa, rangli inqiloblar metodichkalarini o‘qiganmiz va hozir chetdan aralashuv elementlari paydo bo‘ldi", - dedi Lukashenko.

Yetakchining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Belarusga qarshi agressiya keng avj olmoqda.

"Rossiya prezidenti, Putin bilan bog‘lanish kerak, u bilan hozir gaplashib olishim zarur. Nega deganda, bu faqatgina Belarus uchun tahdid emas. <…> Men shuni aytmoqchimanki, Belarus himoyasi, bu bizning butun hududimi, Ittifoqdosh davlat himoyasidan kam emas. Boshqalarga o‘rnak bo‘ladi. Agar belaruslar dosh berolmasa, bu to‘lqin ular tomonga qarab yo‘nalish oladi. Shu uchun ham bizga yopishib olishgan", - deb qat’iy ta’kidladi Lukashenko.

Protesti v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Belarusdagi noroziliklar G‘arb tomonidan tashkillashtirilgan - RF FK

Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, miting ishtirokchilarining aksariyati, allaqachon, o‘zi nimalarga qo‘l urayotganini anglamay qolgan.

"O‘sha, ko‘chalarda kezib yurganlarning aksariyati, nimalar ro‘y berayotganini anglamay qolgan. Ularni muvofiqlashtirib va yo‘naltirib turganlar buni yaxshi bilib turibdi. Ko‘rib turganingizdek, ba’zida professional ishlashayapti: postanovka kadrlar, feyklar tarqalayapti. Emishki, Moskvada menga tegishli uyni topishibdi. Hozir omma oldida shuni aytmoqchimanki: todingizmi - u sizga, ovoling. Men hatto, Belarusda o‘zim yashaydigan qishloqdagi rasmiy qarorgohdan tashqari ko‘chmas mulkka ega emasman. Yo‘q, ular mana shu feyklarni boshlashlari kerak. Emishki, kechadan oldin mamlakatni tark etganmishman, tag‘in yo o‘ldiga yo kasalga chiqarishdi", – deydi hayron qolib prezident.

Para na skutere pered OMONom vo vremya aksii protesta posle zakritiya izbiratelnix uchastkov na prezidentskix viborax v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Belarusda namoyishchilar va OMON o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi - video

Belarusdagi norozilik aksiyalari, 9-avgust prezident saylovlarida amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko g‘olib bo‘lganidan keyin boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, u 80,1% ovoz olgan. Yakshanba kunidan buyon Minsk va respublikaning boshqa shaharlarida sanksiyalanmagan ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda, ammo kuch tuzilmalari namoyishlarni kuch bilan bostirmoqda. Norozilik aksiyalari ishtirokchilarini tarqatish uchun huquqni muhofaza qilish idoralari ko‘z yosh keltiruvchi gaz, shovqin granatasi, rezina o‘qlardan foydalanmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mitinglar davomida 6,5 mingdan ortiq odam hibsga olingan.

Belarus IIV tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangani haqida ma’lum qilgan. Bir nafar odam halok bo‘lgan, IIV ma’lumotlariga ko‘ra, u militsiya xodimlariga qo‘lbola portlovchi qurilmani otishga urinayotib, halok bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0